«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 28oktabrdan Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga ikki marta doimiy yo‘lovchi reyslarini ishga tushiradi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar qildi. Mazkur aviaqatnovlar O‘zbekiston va Saudiya Arabistonini bog‘lovchi ilk doimiy aviareyslardir.

Bungacha Jiddaga parvozlar «Haj» dasturi doirasida charter asosida amalga oshirilar edi.

Toshkentdan Jiddaga va ortga parvozlar quyidagi jadval bo‘yicha seshanba va yakshanba kunlari Boeing 767 samolyotlarida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

Seshanba va yakshanbada: HY-335 Toshkent 17:50 — Jidda 21:00

Seshanba va yakshanbada: HY 336 Jidda 22:30 — Toshkent 05:10+1

Bundan tashqari, kuzgi-kishki navigatsiya davrida MAK 30 oktyabrdan Toshkent-Mumbay-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha haftasiga uch martadan qatnovlarni amalga oshiradi.

Hindiston shahriga parvozlar Airbus A320 samolyotlarida seshanba, chorshanba va juma kunlari quyidagi jadval bo‘yicha amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):

Seshanba va juma: HY-427 Toshkent 00:05 — Mumbay 04:45

Seshanba va juma: HY 428 Mumbay 07:45 — Toshkent 11:20

Chorshanba: HY-427 Toshkent 08:40 — Mumbay 13:25

Chorshanba: HY-428 Mumbay 14:55 — Toshkent 18:30.