O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 21 avgust kuni nishonlanadi. Bu xabar ayni paytda haj safarida bo‘lib turgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov ma’lum qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda muftiy Makka shahrida o‘zbekistonlik haj ziyoratchilari bilan suhbat chog‘ida Qurbon hayiti sanasi haqida ma’lumot berdi.

«Qurbon hayiti bayrami 21 avgust kuni nishonlanadi. Biz bu ma’lumotni Toshkentga ham yetkazdik. Shu kuni yurtimizda ham hayit namozlari o‘qiladi», — dedi O‘MI raisi.