13 avgust kuni Namangan shahrida yashovchi Sh. V. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida birga yashovchi qaynonasi M.Yu.ga pichoq urdi.

IIV Jamoatchilik OAV bilan aloqalar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida M.Yu. kasalxonaga yotqizilgan. Kelin esa ushlangan.