O‘zbekiston hukumatining 11 avgustdagi qarori bilan Muzaffar Muhiddinovich Jalolov Toshkentdagi Inha universiteti (IUT) rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar berdi OTM matbuot xizmati.

Bunga qadar Muzaffar Jalolov UNICON.UZ Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari davlat markazi direktoori o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Muzaffar Jalolov (1986 y. t.) 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamoqlagan. Janubiy Koreyaning Yonnam universitetining magistr darajasiga ega. Turli yillarda AKT vazirligi va Geodeziya va kartografiya milliy markazida faoliyat ko‘rsatgan.

U iyunda xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari v. b. etib tayinlangan Sarvar Boboxo‘jayev o‘rnini egalladi. Muzaffar Jalolov Toshkentdagi Inha universitetining uchinchi rektori bo‘ldi. Hozirgi xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov universitetning birinchi rektori edi.