Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun Osiyo o‘yinlaridagi ishtirokini boshladi. O‘zbekistonlik futbolchilar Bangladesh olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik — 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Gollarga Zabihullo O‘rinboyev (24), Doston Hamdamov (57) va Ikrom Aliboyev (67) mualliflik qilishdi.

Keyingi uchrashuvni Ravshan Haydarov shogirdlari 16 avgust kuni Qatar olimpiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazishadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.


O‘zbekiston — Bangladesh 3:0

Gollar: Zabihullo O‘rinboyev (24), Doston Hamdamov (57), Ikrom Aliboyev (67)

O‘zbekiston: Botirali Ergashev, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Abbos Otaxonov, Jaloliddin Masharipov, Odil Hamrobekov, Zabihillo O‘rinboyev (Bobur Abduxoliqov, 69), Javohir Siddiqov (Xurshid G‘iyosov, 79), Ikrom Aliboyev, Doston Hamdamov (Aziz Turg‘unboyev, 64), Dostonbek Tursunov.

Bangladesh: Ashraf Rana, Rahmat Mia, Jamal Buyan, Hussayn Badsha, Topu Barman, Maxbubur Rahmon, Rahmon Fahad, Saad Uddin, Miah Zoni, Bashvanat Gosh, Ahmad Biplo.