O‘zbekiston davlat bayrog‘i o‘rnatilgan Toshkent va Namangan shaharlari qatoriga Qorako‘l tumani ham qo‘shildi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qorako‘l tumani hokimligi oldidagi maydonga o‘rnatilgan ulkan bayroqning balandligi 35 metr, hajmi esa 7 metrga 3 metrni tashkil etadi.

Mazkur maydonda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda.