Jaloliddin Komiljonovich Rahimov UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator bosh direktori etib tayinlandi. Bu haqda integrator rasmiy saytidagi ma’lumotlar guvohlik bermoqda.

Jaloliddin Rahimov Toshkent davlat texnika universitetini tamomlagan. 1998−1999 yillarda «Uzmakom» korxonasida axborot texnologiyalarini boshqarish boshqarmasida mutaxassis bo‘lib ishlagan. 1999−2003 yillarda «Uzpak» korxonasi texnik direktori bo‘lgan. 2003 yilda Milliy xavfsizlik kengashi apparati yetakchi maslahatchisi sifatida faoliyatini boshlagan.

U UZINFOCOM markazini 2005−2012 yillarda ham boshqargan.