2018 yilning 13 avgust kuni soat 01:15da Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar departamenti Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasidan olingan ma’lumotga ko‘ra, 12 avgust kuni taxminan soat 17:30da Turkiston viloyati, Kazigurt tumanidan o‘tuvchi «Olmata-Toshkent-Termiz» avtomobil yo‘lining 786 km da «Daymler Kraysler» rusumli mikroavtobus va «GAZ-53» rusumli yuk avtomobilining to‘qnashuvi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan. Bu haqda O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Natijada, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 1 nafari voqea joyida vafot etgan, 10 nafari turli darajada tan jarohati olib, Sariagash tumani kasalxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqaro:

Mirmusayev S. 1956 y.t.

Tan jarohati olgan fuqarolar:

Urmanova S. 1960 y.t.

Zaripova S. 1965 y.t.

Yuldashev J. 1977 y.t.

Yuldasheva D. 1982 y.t.

Kuralbayev E. 1984 y.t.

Nosirova N. 1986 y.t.

Jiyenbayeva M. 1986 y.t.

Fayzullayev I. 2003 y.t.

Farxatov M. 2007 y.t.

Farxatov A. 2013 y.t.

Qozog‘iston Respublikasining Turkiston viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisasi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida «Tezkor raqamlari» ochildi. Jarohatlanganlarning yaqinlari va qarindoshlari (+998 71) 147−10−50 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin.