2018 yil yanvar-iyul oylari yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 17,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,2 foizga o‘sdi. Shu jumladan, eksport hajmi 7,6 mlrd. AQSH dollarga (o‘sish sur’ati 15,7 foiz) va import hajmi deyarli 10,2 mlrd. AQSH dollariga (o‘sish sur’ati 31,4 foiz) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 2,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil qildi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2018 yil yanvar-iyul oylarida respublika tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan deyarli o‘zgarishsiz qoldi. 2017 yil yanvar-iyul oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,5 foizni tashkil qilgan edi. Respublikada tashqi savdoni qo‘llab- quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2018 yil yanvar-iyul oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 38,5 foizga yetdi.

Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi

2017 yilning yanvar-iyul oylarida 65,5 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasi 61,5 foizga tushdi.

Respublika tashqi savdo aylanmasida eng katta ulushga ega davlatlar

Respublikaning eksporti

2018 yil yanvar-iyul oylarida eksport hajmi 7,6 mlrd. AQSH dollarga (o‘sish sur’ati 15,7 foiz) teng bo‘ldi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 77,8 foizni tashkil etib, bular asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari (19,2 foiz), oziq-ovqat mahsulotlari (8,7 foiz), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (6,9 foiz) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Xizmatlar eksporti hajmi 1693,4 mln. AQSH dollarini yoki jami eksport hajmining 22,2 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20,3 foizga o‘sganligi kuzatildi. Xizmatlar eksporti tarkibining asosiy ulushi transport xizmatlari, turizm xizmatlari, telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlari, moliyaviy xizmatlaridan iborat.

Respublikadan eksport qilinayotgan tovar va xizmatlarning asosiy qismi Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi xissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa umumiy eksport hajmining 34,9 foizini tashkil qiladi. Xitoy Xalq Respublikasi va Rossiya Federatsiyasiga eksport qilinayotgan tovarlar tarkibiga nazar tashlasak, asosan energiya manbaalari va neft mahsulotlari, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar hamda oziq-ovqat mahsulotlari guruhlaridan iborat ekanligini ko‘rishimiz mumkin.

2018 yilningyanvar-iyul oylarida jami 690,5 ming tonnadan ziyod meva-sabzavot mahsulotlari 527,4 mln. AQSH dollariga eksport qilindi (o‘sish sur’ati 74,0 foiz).

Meva-sabzavot mahsulotlarining tarkibiga qaralsa,463 ming tonnadan ko‘proq sabzavotlar 204,4 mln. AQSH dollariga yoki o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 martaga ko‘proq miqdor (tonna)dagi, 171,7 ming tonnameva va rezavorlar 270,8 mln. AQSH dollariga (o‘tgan yilningmos davriga nisbatan 38,9 ming tonnako‘p) eksport qilingan.

2018 yilning o‘tgan davri mobaynida 762,2 mln. AQSH dollari miqdorida to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi amalga oshirildi. Bu ko‘rsatkich 2017 yilning mos davriga nisbatan 16,6 foizga o‘sib, umumiy eksport hajmining 10,0 foizini tashkil qildi. Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibidan paxtadan yigirilgan ip (58,0 foiz), tayyor to‘qima matolar va tikuvchilik kiyimlari (22,6 foiz) asosiy ulushni egallagan. Yil boshidan 297 turdan ortiq mahsulotlar dunyoning 52 ta davlatiga eksport qilindi.

Respublika importi

Joriy yilning yanvar-iyul oylarida import hajmi 10,2 mlrd. AQSH dollariga (o‘sish sur’ati 31,4 foiz) teng bo‘ldi. Import tarkibida eng kata ulush mashina va asbob uskunalar (39,4 foiz), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,4 foiz) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (9,6 foiz) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

Xizmatlar importi hajmi 1257,0 mln. AQSH dollarini yoki jami import hajmining 12,4 foizini tashkil etdi va o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,5 foizga o‘sdi. Xizmatlar importi tarkibining asosiy ulushiturizm xizmatlari, transport xizmatlari, qurilish xizmatlari va telekommunikatsiya, kompyuter va axborot xizmatlaridan iborat bo‘ldi.

2018 yilning yanvar-iyul oylarida respublikaga 145 dan ortiq xorijiy davlatlardan tovar va xizmatlar importi amalga oshirilgan. Shulardan 5 ta eng yirik bo‘lgan Rossiya Federatsiyasi, Xitoy Xalq Respublikasi, Qozog‘iston, Koreya Respublikasi va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 6264,5 mln. AQSH dollariga teng. Bu esa umumiy import hajmining 61,7 foizini tashkil qiladi.

2018 yilning o‘tgan davri mobaynida respublika import qilinayotgan tovarlar hajmi iyul oyida eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etib, iyul oyida iyun oyiga nisbatan qiymati 146,7 mln. AQSH dollariga ko‘proq tovarlar import qilindi va 1411,0 mln. AQSH dollarini tashkil etdi.