Qashqadaryo ви­лоя­ти Qamashi tumanida yashovchi Dilshod Hamidov ham (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) o‘zining eski tanishi Bahromjon Esonovni chuv tushirdi. Tergov va sud jarayonida aniqlanishicha, 2015 yil iyun oyida Dilshod Toshkentda turib, Bahromjonga qo‘ng‘iroq qiladi. Ya’ni u 1 500 AQSH dollari berib yuborsa, Sirg‘ali tumanida joylashgan avtomashina bozoridan narxi 30 million so‘mlik «Neksiya» avtomashinasini olib berishga va’da қи­лaди. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumani sudining raisi Hasan Hayitov «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Avvaldan tanish bo‘lgani uchun B. Esonov D. Hamidovning so‘zlariga ishonadi. Shu bois 2015 yil 30 iyun kuni tanishi Otabek Jo‘rayev orqali 1 500 AQSH dollari miqdoridagi pulni Dilshodga berib yuboradi. Natijada o‘sha kuni soat 15:00 atrofida Yakkasaroy tumanida joylashgan «Miss» avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi oldida D. Hamidov O. Jo‘rayevdan «omonat"ni qabul qilib oladi. Ammo oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, bergan va’dasini bajarmay, pullarni shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.

Oxir-oqibat B. Esonov ҳu­қuқni muhofaza qiluvchi idoralarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Dilshod Hamidovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik — aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiga bo‘lgan huquqni qo‘lga kiritish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atiladi.

Shundan so‘ng tergov jarayonida D. Hamidov IIB xodimlari ishtirokida olgan pulining 500 AQSH dollarini, keyinroq esa, qolgan 1 000 dollarini ham qaytaradi. Pirovardida taraflar yarashib oladi.

Jinoyat kodeksining 661-moddasida yarashilganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish shartlari o‘z aksini topgan. Unga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida nazar tutilgan jinoyatni sodir etgan shaxs agar o‘z aybiga iqror bo‘lsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, jinoiy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.

Shuning uchun sud D. Hamidovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini taraflarning yarashganligi munosabati bilan ҳa­рaкaтдaн tugatish yuzasidan ajrim chiqardi.

Yana bir misol. Poytaxtning Yunusobod tumanida yashovchi Sardor Fozilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a"-bandi bilan qo‘zg‘atilgan жи­ноят­ ishinida ma’lum bo‘lishicha, muqaddam ham shunday jinoyatni sodir etib, amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilingan S. Fozilov qilmishidan o‘ziga tegishli xulosa chiqarish o‘rniga takroran firibgarlikka qo‘l urgan.

Gap shundaki, Sardor fuqaro Akmal Haydarovning ishonchiga kiradi. Aniqrog‘i, u o‘zini ilgari bank sohasida ishlagan shaxs sifatida tanishtirib, Akmaljonga «Davr bank"ning Olmazor filialidan 2 millard so‘m miqdorida kredit olib berishini og‘iz ko‘pirtirib aytadi. Chunki S. Fozilov A. Haydarovning avtolizing xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan korxona ochmoqchi ekanidan xabar topib qolgandi.

— Faqat buning o‘ziga yarasha harajati bor. Negaki, ик­ки milliard ozmuncha pul emas, — deydi firibgar S. Fozilov.

Qisqasi, u aldov yo‘li bilan Akmal Haydarovdan 26 ming 300 AQSH dollari miqdoridagi pulni олa­­ди. Lekin pullarni hamyoniga urib, kredit olib berishni xayoliga ham keltirmaydi.

Oqibatda A. Haydarov unga qonuniy chora ko‘rishlarini so‘rab, ichki ishlar boshqarmasiga murojaat qiladi. Shu bois S. Fozilovga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a"-bandi bilan jinoyat­ ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov jarayonida Sardor Fozilov Akmal Haydarovga keltirgan zararini to‘liq qopladi. Jinoyat kodeksining yuqoridagi, 168-moddasi 5-qismida yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi жa­зо qo‘llanilmasligi belgilangan. Binobarin, sud aybdorga ahloq tuzatish ishi jazosi tayinladi.