Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida 11 avgust kuni Jizzax shahar «O‘ratepa» MFYda yashagan I.E. o‘zining «Kobalt» rusumli avtomashinasini «Otayurt» MFY hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 937-kilometrida haydab ketayotib, o‘zidan oldinda harakatlanib ketayotgan V.I. boshqaruvidagi «MAN» rusumli yuk avtomashinasining orqa qismiga urilib yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, «Kobalt» avtomashinasi haydovchisi I.E. jarohat natijasida voqea joyida halok bo‘lgan. Mashinada bo‘ldi 3 nafar yo‘lovchilari kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ulardan biri, Jizzax shahrida yashab kelgan Sh. M. vafot etgan.