7−10-avgust kunlari Doha shahrida joylashgan «Tolibon» harakati siyosiy idorasi rahbari Sher Muhammad Abbas Stanikzay boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keldi.

«Tolibon» harakati delegatsiyasi Tashqi ishlar vazirligida qabul qilindi. Uchrashuvda Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish jarayonining istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, deyiladi TIV xabarida.