UZ domenida O‘zbekiston uchun «Yandeks Yangiliklar» («Yandeks Novosti») xizmati ishga tushirildi. Avvalroq Spot.uz «Yandeks» matbuot xizmatiga tayanib xizmatning mahalliylashtirilishi rejasi to‘g‘risida xabar qilgan edi.

Avvallari news.yandex.uz sayti avtomat ravishda news.yandex.ru saytiga o‘tkazib yuborar, O‘zbekiston haqidagi yangiliklar bo‘limiga esa xorijiy OAV maqolalari joylashtirilar edi. Spot.uz izohiga ko‘ra, bu Roskomnadzor tomonidan beriluvchi OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnoma bo‘lishi talab qilinishi sababli edi.

Endilikda news.yandex.uz O‘zbekistonda faoliyatini boshlagach, hujjat talab qilinmaydi.

«Yandeks Yangiliklar» — «Yandeks"ning yangiliklarni avtomat ravishda saralash va tizimlashtirish xizmati. Xizmatni ishga tushirganlar uning faoliyatida inson aralashuvi mavjud emasligiga guvohlik bermoqda.