«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 15 sentyabrdan boshlab, haftasiga birmarta Toshkent-Vladivostok-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam yo‘lovchi qatnovlarini joriy qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Shu paytga qadar, aviakompaniya mazkur yo‘nalish bo‘yicha charter qatnovlarini amalga oshirib kelayotgan edi.

Vladivostok va Toshkentgadan qatnovlar Boeing -767 samolyotlarida quyidagi jadval bo‘yicha shanba kunlari amalga oshiriladi (mahalliy vaqt):

HY-707 Toshkent 08:30 — Vladivostok 20:10

HY-708 Vladivostok 22:00 — Toshkent 00: 40 + 1.