Birinchi yarim yillikda davlat byudjetiga soliq tushumlari 24,2 trln so‘m — 2017 yil yanvar-iyun oylariga nisbatan 43,1foiz ko‘proqni tashkil etdi. Bu haqda O‘zA Davlat soliq qo‘mitasiga tayanib xabar qildi.

Ayni paytda O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan yuridik shaxslar soni qariyb 430 ming nafarni tashkil etmoqda. O‘tgan yilga nisbatan tadbirkorlar soni 30 mingga oshgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni esa 195 mingdan 230 mingga yetdi.

Byudjetga tushumlarni tarmoqlar bo‘yicha tahlil qiladigan bo‘lsak, kimyo sanoati tarmog‘ida tushumlar 209 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu borada 187,3 foiz o‘sish kuzatildi.

Savdo korxonalaridan tushumlar 3,3 trillion so‘m bo‘lib, 170,7 foiz o‘sishga erishildi. Qurilish sohasi korxonalaridan tushgan tushumlar esa 1 trillion so‘mni tashkil etdi va 170,6 foiz o‘sishga erishildi.

Oziq-ovqat sanoati korxonalaridan 833,5 milliard so‘m, umumiy ovqatlanish korxonalaridan 104,6 milliard so‘m, yakka tadbirkorlar, mahalliy tushumlar, boj va yig‘imlardan 2,9 trillion so‘m daromad keldi. Shu tariqa qariyb 1,5 barobar o‘sish ta’minlandi.