Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Shukurov Elbek Habibullayevich tayinlandi. Bu haqda poytaxt hkoimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Elbek Shukurov 1988 yilda Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2009 yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan.

2013−2015 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati (hozirgi Yoshlar ittifoqi — tahr.) Toshkent shahar Kengashi raisi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Byudjet va iqtisodiy islohotlar qo‘mitasining a’zosi

2017 yildan buyon O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan. 2017 yili «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan.