O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov dushanba kuni Qurolli Kuchlar Akademiyasida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezidentning QK harbiy xizmatchilarning ma’naviy-ma’rifiy darajasini oshirish to‘g‘risidagi qarorini taqdim etdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda harbiy xizmatchilar o‘rtasida tarbiya va g‘oyaviy ishlarga e’tibor qaratish lozim, dedi Abdusalom Azizov.

Shu munosabat bilan birlashma va alohida batalonlarda harbiy psixolog (fitser), harbiy okruglar boshqarmalari apparatlarida esa psixolog va yetakchi sotsiolog lavozimlari joriy etiladi. Bundan tashqari, birlashma va alohida batalonlarda harbiy qism qo‘mondonining (muassasa boshlig‘i) ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari — madaniyat markazi boshlig‘i (Qurolli Kuchlar xizmatchisi) lavozimi ham paydo bo‘ladi. Mazkur lavozimlarga oylik maoshning 30 foizi miqdorida ustama belgilanadi.

2018/2019 o‘quv yilidan boshlab QK Akademiyasi umumharbiy fakulteti bazasida «qo‘mondonlik-taktik tarbiya va g‘oyaviy ishlar» mutaxassisligi bo‘yicha ofitserlar tayyorlash o‘quv tizimi jori etiladi.

Mudofaa vaziri har juma kunini Qurolli Kuchlar tizimida «Ma’naviy rivojlanish va vatanparvarlik kuni» deb e’lon qildi.

Bundan tashqari, «Ma’naviy-ma’rifiy ishlar a’lochisi» ko‘krak belgisi ta’sis etilib, u harbiy xizmatchilar va yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy darajasini oshirishdagi munosib hissasi uchun harbiy xizmatchilar va oddiy fuqarolarga taqdim etiladi.