Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘iga tashrif buyurib, bog‘ni zamonaviy parkka aylantirishga qaratilgan loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari bog‘ markazida Abdulla Qodiriyning muhtasham haykalini o‘rnatish, bog‘ni boshqalardan ajralib turadigan qilib qurish, bu yerda adib yashagan davrni aks ettirish zarurligini ta’kidladi.

Chorsu bozori va Gulbozor mahallasida bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, bu tarixiy joyda turizmni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Prezident shu yerda mahalla faollari va ziyolilar bilan suhbatlashdi.