Maxsum Mubashirovich Mahmudov yana UNICON.UZ Ilmiy-texnik va marketing tadqiqotlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Bugungi kunga qadar Rustamjon Raimjonov direktor vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlab kelayotgan edi.

Maxsum Mahmudov (1964 y. t.) 1986 yilda Novosibirsk elektrotexnika instituti va 1996 yilda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan. Texnika fanlari nomzodi.

2004−2010 yillarda UNICON.UZ markazini boshqargan. 2010−2012 yillarda Aloqa, axbrotlashtirish va telekommunikatsion texnologiyalar davlat qo‘mitasi (hozirgi AKT vazirligi) raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Tayinlovga qadar 2015 yildan O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarib Respublika markaziga rahbarlik qilgan.