Yunusobod tumanidagi Toshkent avtomobil halqa yo‘lida o‘rnatilgan radar qurilmasi yordamida 3,5 soat ichida tezlikni oshirgan 112 ta transport vositalari ro‘yxatga olindi. Mazkur yo‘lda ruxsat etilgan tezlik soatiga 70 kilometrni tashkil etadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan tezlikni belgilangan me’yordan oshirish qonunan taqiqlanishi haqidagi ogohlantirishlarga qarmay, ko‘pchilik haydovchilar hamon yo‘llarda o‘zboshimchalik bilan tezlikni oshirib, harakat xavfsizligi qoidalarini buzib kelishmoqda.

Shuningdek, ruxsat yetilgan tezlik soatiga 50 kilometrni tashkil etuvchi belgi o‘rnatilgan Bog‘ishamol ko‘chasida 6 soat ichida 134 ta transport vositasi tezlikni me’yordan oshirib harakatlangan. Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar haqidagi ma’lumotlar o‘rnatilgan tartibga binoan haydovchilarga pochta orqali yuboriladi.