Samarqand xalqaro aeroportiga «Istanbul-Samarqand» reysi bilan uchib kelgan fuqaro X.O. yashil yo‘lak orqali o‘tar ekan, belgilangan normalardan ortiqcha salkam 60 gramm tilla taqinchoqlarni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgani fosh bo‘ldi. Bu haqda «Zarafshon» gazetasi Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Ushbu shaxs mazkur zargarlik buyumlarini notanish kimsaning iltimosiga binoan, 25 AQSH dollari evaziga olib o‘tib bermoqchi bo‘lgan ekan.

Shuningdek, aynan shu reysda kelgan fuqaro M.D. ham yashil yo‘lak tartibini buzdi. U ham go‘yoki notanish kimsaning «iltimos"iga binoan 64,75 gramm og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini bojxona nazoratidan yashirincha olib kirayotganida to‘xtatib qolindi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartiblarga ko‘ra jismoniy shaxslar vazni 65 grammgacha bo‘lgan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini shaxsiy extiyojlari uchun bojsiz olib kirishlari mumkin.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan 2 kilogrammga yaqin zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.