Farhod Roziyev «O‘zbektelekom» bosh direktori lavozimini tark etdi va kompaniyaning tijorat direktori etib tayinlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston milliy telekommunikatsiya operatori matbuot xizmati.

«Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi ma’lumotiga ko‘ra, dushanba kuni ertalab bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda bosh vazir Abdulla Aripov kompaniya faoliyatini tanqid ostiga olgan.

Farhod Roziyev. Foto: «O‘zbektelekom».

Farhod Roziyev (1979 y. t.) fevral oxirida «O‘zbektelekom» rahbari bo‘lgan edi. U Sarkor Telecom,Winncom Technologies, Intelligent Consulting kompaniyalarida ishlagan, 2011−2012 yillarda Uzonline loyihasiga rahbarlik qilib, Uzmobile («O‘zbektelekom» bo‘linmasi) direktori bo‘lgan.

«O‘zbektelekom"ga 2016−2018 yillarda rahbarlik qilgan Shuhrat Qodirov yana bosh direktor lavozimiga tayinlandi. U 2015−2016 yillarda Uzmobile rahbari bo‘lgan.
Bundan tashqari, kompaniyaning istiqbolli rivojlantirish va innovatsiyalar bo‘yicha direktori ham almashdi. Yevgeniy Marking Jamol Maqsudov bilan o‘rin almashdi.