8 avgust kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlatlar rahbarlari dolzarb xalqaro va mintaqaviy masalalarni muhokama qilib, bo‘lg‘usi uchrashuvlar jadvalini ko‘rib chiqdi.

Ular O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sherikchilik, keng miqyosli hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va mustahkamlash tayyor ekanliklarini tasdiqlashdi.

Matbuot xizmati ma’klariga ko‘ra, joriy yilning yarmida ikki davlat o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi qariyb uchdan bir qismga o‘sdi. O‘zbekistonda Turkiya kompaniyalari va banklari ishtirokida, jumladan yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni tashkil etish, energetika, transport-kommunikatsiya, logistika va sayyohlik infratuzilmalarini modernizatsiya qilish, shuningdek shaharsozlik, bank-moliya sektori va boshqa yo‘nalishlarda yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.