Saidakbarxon Akbarov O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar qildi mahkama matbuot xizmati.

Yangi vazir o‘rinbosari v. b. — Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining to‘rtinchi bosqichida tahsil oladi.

2013−2018 yillarda u ta’lim markazlari tarmog‘ini boshqarib, onlayn ta’lim dasturlarini ishlab chiqish bilan ham shug‘ullangan.

Davlat turizm qo‘mitasida Saidakbarxon Akbarov yoshlar turizmi, innovatsion g‘oyalar va smart-turizmni joriy etish, mazkur sohada ta’limiy xizmatlarni takomillashtirish bilan shug‘ullanadi.