Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanidagi 13-maktab rahbariyati o‘qituvchilarni obodonlashtirish ishlariga jalb qilgan.

O‘zbekiston Adliya vazirligi hududiy bo‘limi tuman xalq ta’limi bo‘limiga maktab ma’muriyatiga nisbatan ma’muriy chora ko‘rish to‘g‘risida taqdimnoma kiritdi, deya xabar qildi Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Internetda o‘qituvchilar majburiy mehnatga jalb qilingani haqidagi axborot paydo bo‘lganidan so‘ng Adliya vazirligi xodimlari 13-maktabga borib, 1 avgust kuni 15 nafar pedagog obodonlashtirish ishlariga jalb qilinganini aniqladi.

4 avgust kuni vazirlikning Yangiyo‘l tumanidagi hududiy bo‘limi xodimlari maktab o‘qituvchilari bilan tushuntirish ishlarini o‘tkazdi, 6 avgustda esa Tuman XTBga taqdimnoma kiritildi.