Turdiyev Qalbay Abiyevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston axborot agentligi xabar berdi.

Q.Turdiyev 1964 yilda Chimboy tumanida tug‘ilgan. Toshkent davlat madaniyat instituti (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti)ni tamomlagan.

U shu kunga qadar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqiy teatri direktori lavozimida faoliyat olib borayotgan edi. Ko‘p yillar davomida madaniyat sohasida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Bunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vaziri lavozimida ishlab kelgan Po‘lat Aytmurodov iste’foga chiqarilgan.