Seshanba kuni 22:17 da O‘zbekiston shaharlarida zilzila qayd etildi. Yer silkinishlari markazi Qirg‘izistonda joylashgan.

Poytaxt seysmomarkazidan «Gazeta.uz"ga xabar qilinishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 270 km shimoli-sharqda joylashgan. Zilzila o‘chog‘ida magnituda 5 ni tashkil etdi.

O‘zbekiston poytaxtida yer osti silkinishlari 2 ball, Gulistonda — 2 ball, Farg‘onada — 2,5−3 ball, Namangan va Andijonda — 4 balni tashkil etdi.