7 avgust kuni soat 22:00 dan boshlab Nukus — Amir Temur chorrahasidan Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab Amir Temur maydoniga qadar avtotransportlar qatnovi vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘chalarda avtotransportlar qatnovi yo‘l harakati boshqarmasi texnik vositalaridan foydalanish deportamenti yo‘l belgilarini yangilash, ta’mirlash ishlari olib borishi munosabati bilan vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Poytaxt hokimligi matbuot xizmati shuningdek vaqtinchalik noqulayliklar uchun hamshaharlardan va poytaxt mehmonlaridan (izoh bizniki — tahr.) uzr so‘ragan.