“Urganch” xalqaro aeroporti 8-avgustdan parvozlar uchun ochiladi, deya xabar qildi “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

8-avgustdan “Urganch” xalqaro aeroporti ichki yo‘nalishlar bo‘yicha reyslarni qabul qilishni boshlab, shtat rejimida ishlaydi.

“Urganch” aeroportidan Moskva va Sankt-Peterburgga qatnovlar 10-avgustdan qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tamiz, “Urganch” xalqaro aeroporti 16 iyuldan texnik sabablar va harorat rejimiga ko‘ra vaqtincha yopilgan edi. “Urganch” xalqaro aeroportidan/ga amalga oshirilishi rejalashtirilgan aviaqatnovlar vaqtincha Nukus aeroportiga yo‘naltirildi.