«Gazeta.uz» prezidentning 2017 yil 28 dekabrdagi farmoniga muvofiq avgust va sentyabrda bayram munosabati bilan necha kuni dam olinishi haqida eslatib o‘tmoqda.

O‘zbekistonliklar Qurbon hayiti munosabati bilan ketma-ket uch kun dam oladi. Bunda dam olish kunlari bayramdagi ishchi kunlariga o‘tkaziladi.

  • 22 avgust — bayram nishonlanadigan ish kuni;
  • 23 avgust — shanba, 25 avgustdan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 24 avgust — yakshanba, 26 avgustdan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Mustaqillik kuni munosabati bilan ketma-ket besh kun dam olinadi.

  • 31 avgust — qo‘shimcha ishlanmaydigan kun;
  • 1 sentyabr — bayram nishonlanadigan dam olish kuni;
  • 2 sentyabr — kalendar bo‘yicha dam olish kuni;
  • 3 sentyabr -shanba, 8 sentyabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni;
  • 4 sentyabr — shanba, 15 sentyabrdan ko‘chirilgan dam olish kuni.

Avval xabar qilinganidek, qo‘shimcha ishlanmaydigan kun mehnat ta’tili uch kunga qisqartirilishi hisobiga belgilangan. Bunda 15 kunlik mehnat ta’tilining eng kam davomiyligi va ta’tilga taalluqli to‘lovlar hajmi saqlab qolinadi.