Tojikistonning Somon Air milliy aviakompaniyasiga tegishli «Boing — 737 — 300» samolyoti «Buxoro» xalqaro aeroportiga texnik-tanishuv reysini amalga oshirdi, deya xabar qildi O‘zA.

Yo‘lovchilar orasida qo‘shni mamlakat aviakompaniyasi direktorining birinchi o‘rinbosari Suhrob Jo‘rayev boshchiligidagi kompaniyaning bir guruh mas’ul xodimlari, sayyohlik firmalari rahbarlari, tadbirkorlar va ommaviy axborot vositalari vakillari bor edi.

Somon Air ma’lumotiga ko‘ra, ikki shahar o‘rtasidagi aviaqatnovlar haftasiga bir marta dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Eslatib o‘tamiz, 28 iyul kuni TajikAir Milliy aviakompaniyasi «Dushanbe-Samarqand» yo‘nalishida qatnovlarni ishga tushirgan edi.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi o‘tgan yilning aprelida 25 yildan so‘ng Toshkentdan Dushanbega parvozlarni qayta tikladi.