Dinora Makkambayevna Xashirbayeva Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti diretkori lavozimiga tayinlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi «Gazeta.uz"ga.

Avval u institut ilmiy kotibi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Yangi rahbarga ITIni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kasbiy kasalliklarni erta aniqlash va bartaraf etish, tashhis va davolash standartlarini qayta ko‘rib chiqish, institut ilmiy salohiyatini oshirish, mazkur sohadagi qonunchilikni takomillashtirish uchun sanitar me’yorlarni ishlab chiqish vazifalari topshirildi.