Toshkentdagi «Humo Arena» ko‘p funksiyali muzkompleksi 2018 yil 30 dekabrgacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. QHTBT portalida ushbu sport inshooti faoliyatini tashkil etishga yo‘naltirilgan prezident qarori loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Inshootdan xokkey, figurali uchish, kyorling, short-trekni rivojlantirish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Buyerda basketbol, voleybol, mini-futbol, boks, kurash va yopiq binolarda o‘tkaziladigan boshqa sport turlari ommalashtiriladi. Konsertlar, tantanalar va boshqa madaniy-ko‘ngilochar tadbirlarni o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Kompleksdan foydalanishni «Wind Rose» MCHJ zimmasiga yuklash mo‘ljallanmoqda, u kompleks qurilishiga buyurtma bergan edi. Uning faoliyat yuritishidan olingan daromadlar, xayriya mablag‘lari va qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar moliyalashtirish manbalari bo‘lishi mumkin.

Quyidagilar nazarda tutilgan «Yo‘l xaritasi"ni ishlab chiqish taklif etilmoqda:

qishki sport turlari bo‘yicha tegishli federatsiyalar hamda Qishki va murakkab texnik sport turlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi bilan birgalikda qishki sport turlarini rivojlantirish va ommalashtirish, shu jumladan ularning ehtiyojlari uchun «Numo Arena"da zarur tayyorgarlik bazasini yaratish chora-tadbirlari;

qishki sport turlari bo‘yicha federatsiyalar va sport klublarini tashkil etish;

mavjud eksponatlar yoxud mamlakatning boshqa muzeylaridagi ularning nusxalarini konsolidatsiyalash va to‘plash yo‘li bilan Kompleks bazasida qishki sport turlari bo‘yicha vaqtinchalik ekspozitsiyalarni tashkil etish;

kompleks qurilishi doirasida uning lozim darajada jihozlanishini ta’minlash uchun barcha tadbirlarni, shu jumladan xalqaro standartlar bo‘yicha o‘tkazish maqsadida savdo, umumiy ovqatlanish va ko‘ngilochar infratuzilmani tayyorlash, zarur inventar, amunitsiya va moslamalarni xarid qilish;

yetakchi xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda sport inventari, moslamalar va amunitsiya ishlab chiqarilishini tashkil etish.

Loyiha rad etilishi, o‘zgartirilishi yoki unga qo‘shimcha kiritilishi mumkin.