Adliya vazirligi eski ko‘rinishdagi haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish tartibiga oydinlik kiritdi. Unga ko‘ra, buning uchun pasport, haydovchilik guvohnomasi hamda talonga qo‘shimcha ikkita hujjat — tibbiy ma’lumotnoma hamda imtihon varaqasi qo‘shildi

Mazkur hujjatlar ro‘yxati Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 maydagi son qaroriga asosan tasdiqlangan.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 2 martdagi qaroriga ko‘ra, haydovchilik guvohnomalarini almashtirishni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartib 2020 yil 31 dekabriga qadar amalda bo‘ladi.

Adliya vazirligi yagona davlat huquqiy siyosatini yuritishga vakolatli organ sifatida Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda fuqarolarga qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida Davlat xizmatlari markazlarida va IIV tuzilmalarida haydovchilik guvohnomalarini yangi turdagisiga almashtirish avvalgi tartibga asosan amalga oshirilishi haqida tushuntirish bermoqda.