30 iyuldan 5 avgustgacha O‘zbekistonda 160 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etildi, deya xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Mazkur YTHlar natijasida 44 kishi (kuniga o‘rtacha 6 kishi) halok bo‘ldi, 142 kishi (kuniga o‘rtacha 20 kishidan) turli darajada tan jarohatlarini olgan. Avvallari YHXBB haftalik o‘lim statistikasini oshkor qilmas edi.

Yo‘l-patrul xizmati inspektorlari hafta davomida 86,1 mingdan ortiq yo‘l harakati xavfsizligi qoidalari buzilishini qayd etgan bo‘lib, ularning 40,3 mingdan oshig‘i qo‘pol qoidabuzarlikdir.

Qoidabuzarliklar bo‘yicha statistika — 15416 tasi — haydovchilarning xavfsizlik kamarini taqmasligi (inspektorlar yo‘lovchilarning kamardan foydalanishini nazorat qilmaydi), 11916 tasi — belgilangan tezlikni oshirish, 11827 tasi haydovchilar tomonidan odam tashish qoidalarinini buzilishi, 1596 tasi — avtomobilni mast holatda boshqarish, 1168 tasi — svetoforning taqiqlovchi chirog‘ida o‘tish, 908 tasi avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalanish, 679 tasi — avtomobil oynasini qoraytirish qoidalarining buzilishi, 254 tasi — temir yo‘l kesishmalaridan o‘tish qoidalarini buzish.