O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6 avgust kuni Indoneziyaning Lombok orolida ro‘y bergan kuchli zilzila oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Indoneziya xalqi va Prezident Joko Vidodoga ta’ziya izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z ta’zo‘iyasida shuningdek jarohat olganlarning tez orada sog‘ayib ketishiga tilak bildirdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, Indoneziyaning Lombok orolida 6,6 magnitudagi zilzila kuzatildi. Natijada 90 nafardan ko‘proq kishi halok bo‘ldi, 200 nafardan ortiq odam esa jarohatlandi.