O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni mamlakat hududlarida business city formatidagi ishbilarmonlik markazlarini tashkil etish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Qaror shahar va tuman markazlarining arxitekturaviy qiyofasini yaxshilash va obodonlashtirish, xorijiy va mahalliy investorlar uchun ularning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, asosiy turistik yo‘nalishlarda zamonaviy ob’ektlar qurish, shuningdek aholi va mamlakat mehmonlari uchun taqdim etilayotgan xizmatlar ro‘yxatini kengaytirish hamda sifatini oshirishga qaratilgan.

Tuman va shaharlarda ishbilarmonlik markazlarini qurish to‘g‘risidagi qaror joylardagi hukumat organlari tomonidan Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda qabul qilinadi. Qurilishlar investorlar mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Qurilishlar buyurtmachi, muvofiqlashtiruvchi va nazoratchisi vazifasini Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi hamda viloyatlar va Toshkent hokimiyatlari huzuridagi har bir «Siti» uchun tashkil etiluvchi direksiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

Barcha hududlar bo‘yicha qarorlarning 1 yanvargacha qabul qilinishi rejalashtirilmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston poytaxti markazida Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazi qurilmoqda. Bundan tashqari, Delta City yuqori texnologiya mavzesini qurish ham rejalashtirilgan. Shahar tumanlarida ham Olmazor City, Sergeli City va boshqa «Siti"lar barpo etiladi.