4 avgust kuni soat 21:10 larda IIVga qarashli Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bosh boshqarmasi binosidagi o‘z xizmat xonasida IIBB PPX va JTSBB Bosh boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Dilshod Akramovning murdasi qotillik alomatlari bilan topilgan. Bu haqda Bosh prokuraturadan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi «j» bandi (o‘ta shavqatsizlik bilan qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, podpolkovnik Dilshod Akramov shu yilning iyul oyida bosh boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi.