30 iyul kuni Rostov viloyatining Aksay tumani hududidan o‘tuvchi «Rostov-Volgodonsk» avtotrassasining 11-kilometrida «KAMAZ» yuk mashinasi ichida 9 kishi bo‘lgan «Folksvagen-Transportyor» avtomobiliga borib urilgan. YTH natijasida 3 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi turli darajada tan jarohatini oldi. Halok bo‘lganlarning 2 nafari va jarohatlanganlarning 3 nafari — O‘zbekiston fuqarolari.

Halok bo‘lganlar: Asatulla Eshbekovich Norbo‘tayev (1963 y. t.) va Shahnoza Abdulaxatovna Sattorova (1985 y. t.). Jabrlanganlar: Saydulla Tajimatovich Saydamatov (1965 y. t.), Jasur Ilxamovich Yunusov (1988 t. t.) va Saydulla Boboyevich Choriyev (1987 y. t.).

Jabrlanganlar Aksay shahar shifoxonasiga yotqizilib, ularga zarur yordam ko‘rsatilgan.

3 avgust kuni soat 22:10da «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi halok bo‘lganlarning jasadlarini Toshkentga olib kelib, qarindoshlariga topshirdi, deya xabar qildi O‘zbekiston FVV.