Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanida 4 avgust kuni Andijon viloyati Ho‘jaobod tumanida yashovchi M.D. «DAF» rusumli yuk avtomashinasini «Yangi Bo‘ston» MFY hududida haydab ketayotgan vaqtida yo‘lning qatnov qismini kesib o‘tayotgan Z.O‘. (ismli ayol) va birga yashagan o‘g‘li 9 yoshli M.J.ni urib yuborgan.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan voqea natijasida piyodalar kasalxonaga olib ketilayotganida olgan jarohatidan vafot etgan.