O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni Krasnoyarskda vertolyot qulagani oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga hamdardlik bildirdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, ushbu aviahalokat natijasida 18 kishi hayotdan ko‘z yumdi.