Namangan viloyati Uychi tumanida 4 ta sektor rahbarlari — tuman hokimi Abdug‘ani Turdiyev, tuman prokurori Baxtiyor Abdurahimov, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ravshan Yusubjonov, tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Rasuljon Otaxonov egallab turgan vazifasidan ozod etildi.

Bu xabarni «Namnews.uz» axborot-tahliliy portalining Uychi tumani hokimligidagi manbasi tasdiqlagan.

Manbaning ma’lum qilishicha, «to‘rtlik» rahbarlari g‘o‘za parvarishida jiddiy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganligi, mavsum davomida xotirjamlikka berilib, agrotexnik tadbirlarni belgilangan muddatda to‘g‘ri tashkil etmaganligi, o‘z xizmat vazifalariga sovuqqonlik bilan qaraganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etilgan.