O‘zbekistonlik professional bokschi, Floyd Meyvezer bilan hamkorlik qilayotgan Sanjarbek Rahmonov bugun o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Rahmonovga amerikalik Markus Taylor raqiblik qiladi. Sakkiz raundga mo‘ljallangan jang Las-Vegas shahridagi «Sam's Town Hotel & Gambling Hall"da bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Sanjarbek Rahmonov professional faoliyati davomida 11 ta jang o‘tkazib, ularning 10 tasida g‘alaba qozongan (5tasi nokaut bilan). Bitta bahsda esa durang qayd etgan. Taylor esa prof ringda 10 marotaba jang o‘tkazgan va ularning 9 tasida g‘olib bo‘lgan. Bitta jangda esa mag‘lub bo‘lgan.