Bekzod Shavkatovich Usmonov «Toshkent» Respublika fond birjasi boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi, deya xabar qildi RFB matbuot xizmati.

U birjani 2015 yil kuzidan buyon boshqarib, o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etgan Alisher Eduardovich Yuldashev o‘rniga tayinlandi.

Mazkur tayinlovga qadar Bekzod Usmonov prezident huzuridagi Milliy loyiha boshqaruvi agentligi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi va Iqtisodiyot vazirligida faoliyat ko‘rsatgan.