Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi davlat buyurtmalari va biznes loyihalar va munitsipial mol-mulklar shaffofligini ta’minlashda ko‘mak ko‘rsatadi. Bu haqda poytaxt ma’muriyatida 3 avgust kuni bo‘lib o‘tgan brifingda kengash a’zolari ma’lum qildi.

Kengash rahbari Hikmat Abdurahmonov maslahat organining boshqa rejalarini ham sanab o‘tdi:

  • Shaharni uzoq muddatli strategik rivojlantirish;
  • Hokimiyat ochiqligini kuchaytirishga ko‘maklashish;
  • Toshkentning yashil shahar sifatida saqlash;
  • Qulay shahar va inklyuziv muhitini yaratish;
  • Tadbirkorlikni rivojlantirish va shahar xizmat ko‘rsatish iqtisodiyoti ulushini oshirish.

Kengashning atrof-muhit bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Aleksey Volkov daraxtlarning noqonuniy kesilishi masalasiga to‘xtalib o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash a’zolari hokimiyatga yer uchastkalari kadastriga barcha daraxtlarni kiritish, qurilishda maydondagi daraxtlar sonini hisobga olish, bitta kesilgan daraxt uchun quruvchiga 10 ta daraxt o‘tqazish majburiyatini yuklash takliflari o‘rin olgan xatni yuborgan.

Brifingda Jamoatchilik kengashining ikki oylik faoliyati davomida xalq deputatlari shahar Kengashi vazifalarini takrorlamaslik uchun muayyan rol belgilab olingani ma’lum qilindi.

Jamoatchilik nazorati organi jamoatchilik tomonidan tezkor natijalarning talab qilinishi va malakali kadrlar yetishmasligi muammosiga ham duch kelgan.

«Barcha tanlangan nomzodlar ham kengashda qolgani yo‘q. Jamoatchilik ishi katta mas’uliyat, kuch-quvvat va vaqt talab qiladi, shuning uchun birinchi tarkibning ayrim a’zolari almashtirildi. Muammolar ko‘p, va ularni 20 nafar ko‘ngilli kuchi bilan ikki oy ichida hal qilib bo‘lmaydi», — dedi Jamoatchilik kengashi raisi o‘rinbosari Diyor Mirzaahmedov.

U Toshkent aholisini g‘oyalar va jamoatchilik asosida ishlashga tayyorgarlik bo‘lgan taqdirda, kengashning tegishli qo‘mitalariga murojaat qilishga chaqirdi.