O‘zbekistonda e-visa.gov.uz elektron vizani rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi ishga tushgan vaqtdan buyon 41 mamlakat fuqarolaridan 2784 ta ariza kelib tushdi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Eng ko‘p Xitoy fuqarolaridan ariza kelib tushdi — 553. Keyingi o‘rinlarda AQSH (361 ta) va Buyuk Britaniya (335 ta) fuqarolari eng ko‘p murojaat qilgan.

Shuningdek, quyidagi davlat fuqarolaridan ham arizalar kelib tushgan: Hindiston — 264, Fransiya — 184, Germaniya — 138, Avstraliya — 129, Polsha — 116, Ispaniya — 101, Italiya — 100, Niderlandiya — 71, Kanada — 69.

1 avgust ma’lumotlariga ko‘ra 2297 ta elektron viza berilgan.

Eslatib o‘tamiz, tizim 15 iyul kuni ishga tushgan. Undan vizani rasmiylashtirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan davlatlardan O‘zbekistonga turistik maqsadda keluvchi fuqarolar foydalanishi mumkin.