Joriy o‘quv yilidan boshlab Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Buxoro filiali va Rossiya Federatsiyasining I.I.Ivanov nomidagi Kursk davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasi bilan imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida qo‘shma fakultet va uning negizida agroinjeneriya bakalavr ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha xamkorlikda kadrlar tayyorlash bo‘yicha ilk qadamlar yo‘lga qo‘yildi. Bu hahda Buxoro viloyat hokimligining saytida xabar berildi.

Qo‘shma ta’lim dasturlari, o‘quv rejalari va boshqa me’yoriy xujjatlar ishlab chiqildi. Ularga muvofiq o‘zaro xamkorlikda tuzilgan qabul komissiyasi tomonidan 2018−2019 o‘quv yilida 25 nafar talaba shartnoma asosida o‘qishga qabul qilinadi. Talim rus tilida olib boriladi.

Mazkur qo‘shma ta’lim yo‘nalishi talabalari 1 va 3-bosqichlarni Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Buxoro filialida 2 va 4-bosqichlarni esa Kursk davlat qishloq xo‘jaligi akademiyasida tahsil olishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bitiruvchilarga ikki tomonlama tan olinadigan diplom beriladi. Bugungi kunda barcha me’yoriy xuquqiy xujjatlar belgilangan tartibda tasdiqlanishi uchun xukumatga taqdim etilgan.

2018−2019 o‘quv yilida Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari institutining Buxoro filiali o‘quv jarayoniga xorijiy OTM etakchi professor-o‘qituvchilarini jalb qilish ko‘zda tutilgan. Bu haqda «Amerika, Xorvatiya, Germaniya va Rossiyadan kelib maruzalar o‘qishgan mutaxassis-olimlarning barchasi filial bilan xamkorlikni kengaytirish tarafdori, yani biz ular tomon kadam qo‘yganimiz sari, ular biz tomon intilishmoqda», — deydi filial direktori R.Musurmonov.

Shuningdek, Xorvatiyaning Zagreb universiteti va Germaniyaning Gumboldt universitetlari bilan imzolangan memorandumlarga asosan, 2019−2020 o‘quv yilidan boshlab ushbu xorijiy ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlikda ikki tomonlama diplom berish asosida kadrlar tayyorlash rejalashtirilmoqda.