Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 1 avgust kuni «Qorapolvon» mahallasida yashovchi D.M. «Moskvich» rusumli avtomashinani «Qizilqiyoq» MFY hududida haydab ketayotib, boshqaruvni eplay olmay yo‘lni kesib o‘tayotgan Sh. U. ismli ayol va uning qizi S.T. ni urib yuborgan.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, sodir bo‘lgan hodisa natijasida ona-bola kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, ular vafot etgan.