31 iyul kuni Innovatsion rivojlanish vazirligining tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasida mamlakat shahar va hududlarida transport infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ikki idora yig‘ilishida atoqli olimlar, sohaning ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari mutaxassislari ishtirok etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv O‘zbekiston Respublikasining 2019−2021 yillar va 2030 yillargacha bo‘lgan transport infratuzilmasi rivojlanishining uzoq muddatli va qisqa muddatli strategiyasini hamkorlikda ishlab chiqishning boshlanishiga xizmat qildi.

Uchrashuvning yana bir muhim jihati shundan iborat bo‘ldiki, yo‘l qurilishi sohasidagi avvallari moliyalashitirish va amalga oshirish imkoniyati bo‘lmagan loyihalar Innovatsion rivojlanish vazirligiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etishga kelishildi.