2018 yilning 2 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov o‘z diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkmaniston favqulodda va muxtor elchisi Shiri Shiriyevni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida vazir Turkmaniston elchisi mamlakatimizda faol va sermahsul faoliyat yuritganini qayd etdi hamda O‘zbekiston — Turkmaniston munosabatlarini kengaytirish va chuqurlashtirishdagi uning qo‘shgan shaxsiy hissasini yuqori baholadi.

Shiri Shiriyev o‘z navbatida O‘zbekiston tomoniga o‘zining elchi sifatidagi samarali faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar uchun minnatdorlik izhor etdi.